Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati
Gallery image 108355
Gallery image 108356
Gallery image 108357
Gallery image 108358
Gallery image 108359
Gallery image 108360
Gallery image 108361
Gallery image 108362
Gallery image 108363
Gallery image 108364
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
18 Mar 2026
00:00

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

🌱 Yurt obodligi yo‘lida: Qo‘chqorchi mahallasida navbatdagi yashil tashabbus

Qo‘chqorchi mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi. Ushbu tashabbus doirasida Hamid Olimjon xiyobonida keng jamoatchilik ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Shuhratjon Dadaboyev, shahar kengashi deputati shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sardor Ahmadjonov, mehnat faxriylari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari faol qatnashdi. Ishtirokchilar tomonidan hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va kelajak avlod uchun yashil maskanlar yaratish maqsadida turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur tadbir nafaqat tabiatni asrash, balki aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, ona zaminga mehr tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, nuroniylar va jamoatchilikning birgalikdagi ishtiroki tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.