Barcha yangiliklar
Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi qurilish ishlari davom etmoqda
Gallery image 108317
Gallery image 108318
Gallery image 108319
Gallery image 108320
Gallery image 108321
RAHIMOV ABDURAHMON ILHOMJON O‘G‘LI
28 Mar 2026
10:06

Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi qurilish ishlari davom etmoqda

 Chortoqliklarning asriy orzusi bo‘lgan, bugun haqiqatga aylanayotgan loyihalardan biri “Arbag‘ish” mahallasidan tuman markazigacha bo‘lgan 52 kilometr masofada yangi ichimlik suvi tarmog‘ini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 

 Qiymati 300 milliard so‘mni tashkil etuvchi ushbu yirik infratuzilma loyihasi xitoylik mutaxassislar hamkorligida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi kotibiyat mudiri Fayzullaxon Bahodirov, mahalla “yettilik” azolori hamrohligida qurilishning Arbag‘ish mahallasidagi asosiy ob’ektida bo‘lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.  

Mas’ullarga qurilish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish,mexnat qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi