Barcha yangiliklar
#24_ta_masala Shayxlarkent mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 108098
Gallery image 108099
Gallery image 108100
Gallery image 108101
Gallery image 108102
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
18 Mar 2026
22:32

#24_ta_masala Shayxlarkent mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Raximov tomonidan Sheyxlarkent mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari hamda uylar atrofidagi hududlarning tozaligiga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar mavjud sharoitlar bilan tanishib, hududni obodonlashtirish va tozaligini saqlash masalalarini ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan ayrim masalalar tinglandi. Uy-joylarga xizmat ko‘rsatish, hududdagi tozalikni saqlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.