Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Yunusov Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari bilan birgalikda hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri – “Gol valley fasteners” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 108078
Gallery image 108079
Gallery image 108080
Gallery image 108081
Gallery image 108082
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
27 Mar 2026
21:29

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Yunusov Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari bilan birgalikda hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri – “Gol valley fasteners” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida korxonada olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yoshlar maslahat guruhi vakillari tomonidan korxona faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bildirilib, ishlab chiqarish sohasiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Deputat E.Yunusov bunday o‘rganishlar yoshlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, amaliy tajriba orttirishi hamda kelgusida ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.