Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.
Gallery image 108047
Gallery image 108048
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
27 Mar 2026
19:29

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi.

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini atroflicha o‘rgandi. 

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan asosan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiya masalalari yuzasidan ko‘tarilgan muammolar qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat o‘rnatildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholining turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)