Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI - FUQAROLAR MUROJAATLARI UCHUN QONUNIY YECHIM
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
27 Mar 2026
19:11

DEPUTAT SO‘ROVI - FUQAROLAR MUROJAATLARI UCHUN QONUNIY YECHIM

Deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadida aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul hamda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, shaharning Jingovuz mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan mahallaning Jayhun ko‘chasi hududida (“Shovot kanali”dan “Qirg‘izyop” kanaligacha) ekilgan manzarali (150-200 tup) va mevali daraxtlarni saqlab qolish va parvarishlash uchun sug‘orish masalasi muammo bo‘lib kelayotganligini bildirdilar.