Barcha yangiliklar
“Chorbog‘” oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
Gallery image 107962
Gallery image 107963
Gallery image 107964
Gallery image 107965
Gallery image 107966
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
27 Mar 2026
17:59

“Chorbog‘” oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan “Chorbog‘” oilaviy poliklinikasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputatlar M.Mirabdullayev, M.Ashurov, U.Aripbayev hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bepul dorilar bilan ta’minlanish holati, xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔷Shu bilan birga tibbiyot birlashmasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish maqsadida shifokor va hamshiralar ishtirokida “ming qadam” yurish tadbiri o‘tkazildi.