Barcha yangiliklar
Senatda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Gallery image 107954
Gallery image 107955
Gallery image 107956
Gallery image 107957
Gallery image 107958
Gallery image 107959
Gallery image 107960
Gallery image 107961
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Mar 2026
17:54

Senatda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va a’zolari, tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari ZOOM dasturi asosida ishtirok etdi. 

Seminar davomida yoshlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Shuningdek, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etish, ularning taklif va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. 

Tadbir yakunida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning hududiy Kengashlar bilan hamkorligini mustahkamlash hamda yoshlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati