Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahalladagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 107888
Gallery image 107889
Gallery image 107890
Gallery image 107891
Gallery image 107892
Gallery image 107893
Gallery image 107894
Gallery image 107895
Gallery image 107896
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
27 Mar 2026
16:32

Deputat tomonidan mahalladagi muammolar o‘rganildi

️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan Kengashning 24–27 mart kunlariga belgilangan haftalik ish rejasi ijrosi doirasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonlari “Cho‘ponota” mahallasida istiqomat qiluvchi, jumladan ko‘zi ojiz fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tashkil etildi. Mazkur murojaatlarga ko‘ra, deputat tomonidan tuman hokimligiga tegishli tartibda murojaat qilingan bo‘lib, shu asosda mahalladagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, tungi yoritish tizimi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘layotgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur ishlar aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, joylardagi dolzarb muammolarni hal etish hamda fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.