Barcha yangiliklar
Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 107876
Gallery image 107877
Gallery image 107878
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
27 Mar 2026
16:31

Deputat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Isakulov Abbos 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar, pedagoglar faoliyati hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan ishlar alohida e’tiborga olindi.

Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.