Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 107791
Gallery image 107792
Gallery image 107793
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
27 Mar 2026
15:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kengashning 1-yarim yillik “media-reja”sida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman deputati Asqarali Odilov tomonidan ta’lim muassasalari hamda tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud kamchiliklar, shuningdek, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, muassasalarni kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik bilan ta’minlash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur choralarni ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, ta’lim va tibbiyot muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.