Barcha yangiliklar
Shahrisabz tumanida deputat va saylovchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi
Gallery image 107741
Gallery image 107742
Gallery image 107743
Gallery image 107744
Gallery image 107745
Gallery image 107746
Gallery image 107747
Gallery image 107748
Gallery image 107749
Gallery image 107750
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
27 Mar 2026
14:10

Shahrisabz tumanida deputat va saylovchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi

📍 Shahrisabz tumanida deputat va saylovchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zLiDeP partiyasidan saylangan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati Shuhrat Tursunov hamda tuman Kengashi raisi Arslon Uzakov, tuman Kengashi deputati Charos Rajabova ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy voqealari:

✅ Aholi bilan muloqot: "Barkamol avlod" maktabida Xo‘jaxuroson, Shamaton, Oqdaryo va Yangibog‘ mahallalari aholisi bilan ochiq muloqot qilindi. Bildirilgan har bir muammo va taklif deputat nazoratiga olindi.

✅ Ta’limga e’tibor: Xo‘jaxurosondagi 20-sonli maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

✅ Tibbiyot va tadbirkorlik: Hududdagi Bahodir Ismoilov nomi bilan ataluvchi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi. Deputat shifokorlarning fidoyiligi va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklarni yuqori baholadi.

💡 "Islohotlarimizning bosh maqsadi — inson manfaati va xalqimiz roziligi," — deya ta’kidladi Sh.Tursunov.