Barcha yangiliklar
“Oriyat” mahallasida deputat uchrashuvi o‘tkazildi
Gallery image 107721
Gallery image 107722
Gallery image 107723
Gallery image 107724
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
27 Mar 2026
12:40

“Oriyat” mahallasida deputat uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 8-Tallashqon okrugidan saylangan deputat M.Kenjayeva tomonidan “Oriyat” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning ishonchini mustahkamlash hamda hududda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyatga ega.