Barcha yangiliklar
Shahrisabz tumanida yo‘llarni obodonlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi
Gallery image 107690
Gallery image 107691
Gallery image 107692
Gallery image 107693
Gallery image 107694
Gallery image 107695
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
27 Mar 2026
11:53

Shahrisabz tumanida yo‘llarni obodonlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

📍 Shahrisabz tumanida yo‘llarni obodonlashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, tuman hokimining o‘rinbosari X.Turayev hamda tuman Kengashi deputatlari F.Yallaqodirova va I.Yusupovlar ishtirokida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlashdir.

Muhokama markazida nimalar bo‘ldi?

✅ Mahallalarda yo‘llarni qum-shag‘al va asfalt qilish ishlarini jadallashtirish;

✅ Hududlarni obodonlashtirishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash;

✅ Saxovatli tadbirkorlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda xayriya (homiylik) ishlarini kengaytirish.

Tuman hokimligi, deputatlar, mahalliy tadbirkorlar va mahalla raislari birlashgan holda "Obod mahalla" va "Rovon yo‘llar" sari muhim qadam tashlamoqdalar.