Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov, Sh. Mardonov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, matbuot xizmati xodimi Z. Temirovalar tomonidan shahardagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 107642
Gallery image 107643
Gallery image 107644
Gallery image 107645
Gallery image 107646
Gallery image 107648
Gallery image 107650
Gallery image 107652
Gallery image 107653
Gallery image 107654
Gallery image 107655
Gallery image 107656
Gallery image 107657
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
27 Mar 2026
10:52

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov, Sh. Mardonov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, matbuot xizmati xodimi Z. Temirovalar tomonidan shahardagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov, Sh. Mardonov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, matbuot xizmati xodimi Z. Temirovalar tomonidan shahardagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda sanitariya-gigiyena holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tarbiyachilar va pedagog xodimlarning ish faoliyati, ularning malakasi hamda bolalar bilan ishlash uslublari yuzasidan tahliliy suhbatlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida bolalar uchun yaratilgan o‘quv xonalari, oshxona, yotoqxona hamda o‘yin maydonchalari holati o‘rganilib, mavjud sharoitlar yuzasidan tegishli xulosalar qilindi. Shu bilan birga, muassasada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda muassasa faoliyatini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur yo‘nalishda ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) | Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)