Barcha yangiliklar
Deputat o'z okrugida o'rganish ishlarini olib bordi
Gallery image 107626
Gallery image 107627
Gallery image 107628
Gallery image 107629
Gallery image 107630
Gallery image 107631
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
27 Mar 2026
10:41

Deputat o'z okrugida o'rganish ishlarini olib bordi

️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuxamedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan Chilonzor tumani hududida parklar, xiyobonlar, bog‘larning holati, mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holatini hamda tadbirkorlarga yaratilgan shart -sharoitlarni o‘rganish ishlari olib borildi.

️Dastlab, Botirma mahallasida faoliyat yuritayotgan hunarmand Kurbanova Fotima Xalimovnaning faoliyati bilan tanishdi. Uning mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani hamda 100 nafardan ortiq shogirdlarga hunar o‘rgatayotgani alohida e’tirof etildi.

️Shuningdek, mahalla faollari va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda mahallada aholi va bolalar uchun sport inshootlari va ulardagi sport anjomlari holati muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Al-Xorazmiy ko‘chasida tashkil etilgan 24/7 gastronomik ko‘cha faoliyati o‘rganilib, xiyobonda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.