Barcha yangiliklar
“Payshanba — yoshlar kuni”: tuman Kengashida yoshlar bilan muloqot bo`lib o`tdi
Gallery image 107584
Gallery image 107585
Gallery image 107586
Gallery image 107587
Gallery image 107588
Gallery image 107589
Gallery image 107590
Gallery image 107591
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
27 Mar 2026
10:34

“Payshanba — yoshlar kuni”: tuman Kengashida yoshlar bilan muloqot bo`lib o`tdi

 “Payshanba —yoshlar kuni” munosabati bilan xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashida “Iqtidorli yoshlar” bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarga O`zbekiston davlatchiligi, Konstitutsiyasi, Oliy Majlis hamda
mahalliy Kengashlar faoliyati haqida batafsil ma`lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tuman Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Do`stona va ochiq muloqot ruhida o`tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbus, taklif va murojaatlar tinglanib, ularga atroflicha javob berildi. Ilgari surilgan masalalarning ijrosi tegishli mutasaddilarga yuklatilib, nazoratga olindi. Uchrashuvda tuman Kengashi raisi Sh.Xayitoxunov, kotibiyat mudiri I.Jo`raev, viloyat Kengashi deputati O Nosirov, doimiy komissiya raisi E.Qurbonov, Kengash qoshidagi yoshlar maslahat guruxi vakillari va ustozlar ishtirok etdilar.