Barcha yangiliklar
Kotibiyat mudiri tomonidan tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 107512
Gallery image 107513
Gallery image 107514
Gallery image 107515
Gallery image 107516
Gallery image 107517
Gallery image 107518
Gallery image 107519
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
26 Mar 2026
10:08

Kotibiyat mudiri tomonidan tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi H.To‘rayev tomonidan tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, fondning holati, adabiyotlardan foydalanish darajasi hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Ma’lum qilinishicha, axborot-kutubxona markazi fondida qariyb 20 ming dona adabiyotlar mavjud bo‘lib, shundan 8 mingga yaqini badiiy adabiyotlar, 3 mingga yaqini tarixiy adabiyotlar, 2 mingga yaqini ensiklopedik va ma’lumotnoma nashrlar, qolgan qismi esa ilmiy-ommabop, o‘quv-uslubiy hamda boshqa turdagi adabiyotlarni tashkil etadi.
Shuningdek, markazda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud infratuzilma hamda adabiyotlar fondini yanada boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.