Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan aholi bandligi borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o'rganildi
Gallery image 107509
Gallery image 107510
Gallery image 107511
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
26 Mar 2026
10:06

Deputatlar tomonidan aholi bandligi borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o'rganildi

Zarbdor tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilganligi bois deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Nazorat-tahlil tadbirida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat G.Xudoyarova, deputat M.Sarimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari S.Begmatov, H.To‘rayev ishtirok etib, hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.