Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 107473
Gallery image 107474
Gallery image 107475
Gallery image 107476
Gallery image 107477
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
25 Mar 2026
09:53

Deputat tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat S.Xadjiqulov tomonidan Yangihayot mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholini tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, imtiyozli kredit asosida shlakoblok ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor faoliyati o‘rganilib, ushbu yo‘nalishda 4 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangani aniqlandi.
Shuningdek, mahallada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida qurt ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mazkur faoliyat orqali yana 3 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangani qayd etildi.
Mazkur ishlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.