Barcha yangiliklar
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
Gallery image 107356
Gallery image 107357
Gallery image 107358
Gallery image 107359
Gallery image 107360
Gallery image 107361
Gallery image 107362
Gallery image 107363
Gallery image 107364
Gallery image 107365
Gallery image 107366
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
26 Mar 2026
19:59

ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA

ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA

🛣Qiziriq tumani hokimi Sh. Allamurotov, tuman Prokurori Sh.Mamirqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati A. Ergashevlar tomonidan “Yangikent” mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari o‘rganildi va nazoratga olindi.

⏺Mazkur ishlar Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-18-24-8-113-K/26 (https://e-qaror.gov.uz/doc/2859050)-sonli qarori bilan tasdiqlangan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastlabki manzilli ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda.

⏺Nazorat jarayonida yo‘lning asfalt qoplamasi sifati, qalinligi hamda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan bildirilgan ijobiy fikr va takliflar tinglandi.

⏺Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)