Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 107334
Gallery image 107335
Gallery image 107336
Gallery image 107337
Gallery image 107338
Gallery image 107339
Gallery image 107340
Gallery image 107341
Gallery image 107342
Gallery image 107343
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
26 Mar 2026
19:44

DEPUTAT NAZORATI

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Qurbonov, shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xo‘janov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Roziqovlar ishtirok etdilar. 

Nazorat tadbiri doirasida tuman Axborot-kutubxona markaziga yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

Ushbu tashabbus aholi va yoshlarning bilim olishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, ularning axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markaziga zamonaviy kompyuter jamlanmalari va havo sovutgichlar topshirildi. 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyatiAxborot xizmati