Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari Z. Raximberganova, J. Kuryazov hamda Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 107328
Gallery image 107329
Gallery image 107330
Gallery image 107331
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
26 Mar 2026
18:35

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari Z. Raximberganova, J. Kuryazov hamda Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tashrif deputatlik guruhining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshirilib, unda markaz faoliyatini har tomonlama o‘rganish hamda aniqlangan dolzarb masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish maqsad qilindi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash tizimi, ko‘rsatilayotgan yordam turlari hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, xizmatlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirishga qaratilgan masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.