Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M. Yarashev deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida o‘zi saylangan 17-“Navro‘z” saylov okrugiga qarashli Oxunbabaev mahallasida bo‘ldi.
Gallery image 107312
Gallery image 107313
Gallery image 107314
Gallery image 107315
Gallery image 107316
Gallery image 107317
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
26 Mar 2026
18:31

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M. Yarashev deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida o‘zi saylangan 17-“Navro‘z” saylov okrugiga qarashli Oxunbabaev mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida deputat mahalla “yettligi” a’zolari bilan uchrashib, hududda fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, hamkorlik darajasi hamda mavjud muammolarni atroflicha o‘rgandi. Suhbat jarayonida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimiga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Deputat tomonidan mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mahalla “yettligi” hamda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, hamkorlikni mustahkamlash va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.