Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 107260
Gallery image 107259
Gallery image 107261
Gallery image 107262
Gallery image 107263
Gallery image 107264
Gallery image 107265
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
26 Mar 2026
18:04

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari Alibek Amanlikov hamda Asqarali Odilov tomonidan tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida maktab hududida sun’iy qoplamali, usti yopiq, zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan, shuningdek, yuvinish va kiyinish xonalariga ega bo‘lgan mini futbol maydonini barpo etish hamda zarur sport jihozlarini o‘rnatish belgilangan.

Obyekt qurilishiga mas’ul MCHJ tomonidan ma’lum qilinishicha, sport maydoni joriy yilning aprel o‘rtalariga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy qiymati 1 milliard 450 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur loyiha 2 623 ta ovoz to‘plab, g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin olgan.

Shuningdek, deputatlar tomonidan “Ijodkor” mahallasida olib borilayotgan kanalizatsiya qurilish ishlari ham o‘rganildi.