Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 107180
Gallery image 107181
Gallery image 107182
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
11 Mar 2026
00:00

Deputat faoliyatidan

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash-dolzarb masala

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Magripova Ro‘zigul Toshniyozovna savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish jarayonida aholining kundalik iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa asosiy mahsulotlarning narx-navosi, ularning mavjudligi hamda savdo jarayonida iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi holatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, savdo madaniyati va sanitariya qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari aholi manfaatlarini himoya qilish, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilar huquqlarini yanada mustahkamlashga qaratiladi.