Barcha yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv
Gallery image 107140
Gallery image 107141
Gallery image 107142
Gallery image 107143
Gallery image 107144
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
26 Mar 2026
17:15

Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Nurali Jo‘rayev hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Marjona Saidova “Shayxon” mahallasida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor bilan uchrashdilar.

Tashrif davomida tadbirkorning ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot sifati hamda yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yosh tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, uning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes loyihalarini rivojlantirish uchun amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.