Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI RAISI TOMONIDAN “YOSHLIK” MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 107121
Gallery image 107122
Gallery image 107123
Gallery image 107124
Gallery image 107125
Gallery image 107126
Gallery image 107127
Gallery image 107128
Gallery image 107129
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
26 Mar 2026
17:12

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI RAISI TOMONIDAN “YOSHLIK” MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 35-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.Jumladan, fuqarolar tomonidan ko‘cha chiroqlarini yangilash hamda mahalla hududiga qo‘shimcha daraxtlar ekish yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.Tadbirda mahalla yettiligi a’zolari ham faol ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish borasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.