Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Gallery image 107110
Gallery image 107111
Gallery image 107112
Gallery image 107113
Gallery image 107114
Gallery image 107115
Gallery image 107116
Gallery image 107117
Gallery image 107118
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
26 Mar 2026
17:11

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida deputat M. Kalonov talaba-yoshlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning muammolari, taklif va fikr-mulohazalarini tingladi. Suhbat jarayonida bugungi kunda yoshlar oldida turgan muhim vazifalar, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.Shuningdek, yoshlarning kelajakda munosib ish topishi, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun doimiy ravishda bilim olish va o‘z ustida ishlash zarurligi qayd etildi.Muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan ta’lim jarayoni, stipendiyalar, kontrakt to‘lovlari hamda talabalar hayotiga oid qator masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. Bundan tashqari, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv sharoitlarini yanada yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, talabalar turar joylaridagi sharoitlarni yaxshilash kabi masalalar ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va ularning ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.