Barcha yangiliklar
Ekopartiya Yangiqo'rg'on tuman Aksiya “Yashil makon” doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi
Gallery image 107093
Gallery image 107094
Gallery image 107095
Gallery image 107096
Gallery image 107097
XODJAYEVA BASIDAXON VALIJON QIZI
26 Mar 2026
17:02

Ekopartiya Yangiqo'rg'on tuman Aksiya “Yashil makon” doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi

“Yashil makon” doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Xususan, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.To‘xtasinova, tuman kengashi raisi hamda partiya faollari ishtirokida 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududida mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur aksiya davomida hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom yashil makon yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ekilgan har bir nihol – bu ertangi kunimizga qo‘yilgan munosib hissa hisoblanadi.

🌿 Tadbir davomida ko‘chatlarga suv quyish va parvarishlash ishlari ham amalga oshirildi.

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxt ekish aksiyalari izchil davom ettirilmoqda.