Barcha yangiliklar
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.
Gallery image 107082
Gallery image 107083
Gallery image 107084
Gallery image 107085
Gallery image 107086
Gallery image 107087
Gallery image 107088
Gallery image 107089
Gallery image 107090
Gallery image 107091
Gallery image 107092
BOYMURADOV UROL NASRIDDINOVICH
26 Mar 2026
17:01

Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.

Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-sonli Farmoniga muvofiq mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyatlari xodimlarining o‘zaro tajriba almashish faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi ijobiy yutuqlar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish ustuvor vazifa hisoblanadi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek tuman (shahar) darajasidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2026-yil davomida amaliy tashriflar reja-grafigi ishlab chiqildi.

 2026-yil 26-mart kuni o‘zaro tajriba almashish maqsadida 10-12-kishidan iborat Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Ko‘kdala tumanida bo‘lishdi.

Tashrif mobaynida Shahrisabz shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari, tuman mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari, Kengash doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, nazorat tahlil tadbirlari, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlashini yo‘lga qo‘yish, ularning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi, doimiy komissiyalar va sessiya majlislarini o‘tkazishga oid faoliyati bilan tanishdilar.