Barcha yangiliklar







ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
26 Mar 2026
16:55
Uchrashuv
Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati E.Asamatdinov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olish sharoitlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasbiy rivojlanish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borishga kelishib olindi.