Barcha yangiliklar
NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV
Gallery image 106927
Gallery image 106928
Gallery image 106929
Gallery image 106930
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
26 Mar 2026
16:27

NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari R.Jo‘rayeva hamda A.Aminov tomonidan shahardagi Tumar MFY binosida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida nuroniylarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. 

Ayniqsa, mahalladagi ijtimoiy muhit, obodonlashtirish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, nuroniylarning hayotiy tajribasi, jamiyatdagi o‘rni va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlanib, ularning fikr va takliflari hudud rivoji uchun muhim ekani qayd etildi.

Mazkur uchrashuv nuroniylarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ular bilan doimiy muloqotni mustahkamlash hamda mavjud muammolarni o‘rganishga xizmat qiladi.