Barcha yangiliklar
📍 Mirzadala mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Gallery image 106864
Gallery image 106865
Gallery image 106866
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
26 Mar 2026
16:02

📍 Mirzadala mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan ijtimoiy, moddiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. 

Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholining dardini eshitish, ularning muammolarini qisqa muddatda bartaraf etish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.