Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Gallery image 106835
Gallery image 106836
Gallery image 106837
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
26 Mar 2026
15:45

Deputat tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashi raisi J.AXMEDOV hamda tuman Kengashining 1-Binokor okrugi deputati F.ESHNAZAROVA tumandagi 18-umumta’lim maktabida 2025-yil 2-mavsumiga kiritilgan “Open budjet” dasturi asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.

O‘rganish jarayonida maktab hududida barpo etilayotgan sun’iy qoplamali mini futbol maydoni hamda maktab kirish qismi oldida qurilayotgan o‘tish nazorat punkti binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.