Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi
Gallery image 106819
Gallery image 106820
Gallery image 106821
Gallery image 106822
Gallery image 106823
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
25 Mar 2026
15:37

Tuman Kengashi deputati tomonidan monitoring o‘tkazildi

Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan keng qamrovli monitoring ishlari olib borildi.

🔍 Monitoring jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarining mavjud holati va ularning hisobga olinishi;

— ushbu yer maydonlarida qurilgan bino va inshootlarning huquqiy maqomi;

— fuqarolar tomonidan qonun talablariga rioya etilish darajasi;

— mas’ul tashkilotlar faoliyatining samaradorligi.

Jizzax viloyat Kengashining 2026-yil 18-martdagi O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida VII-26-78-3-0-K/26-sonli qaroriga asosan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxslar bilan xonadonma-xonadon suhbat o‘tkazildi.