Barcha yangiliklar
“Do‘stlik” MFYda deputat va aholi muloqoti
Gallery image 106796
Gallery image 106797
Gallery image 106798
Gallery image 106799
Gallery image 106800
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
26 Mar 2026
15:33

“Do‘stlik” MFYda deputat va aholi muloqoti

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna “Do‘stlik” mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, hudud aholisi bilan bevosita fikr almashdi.

💬 Suhbat davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni ochiq bayon etishdi. Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, amaliy tushuntirishlar berildi.

📌 Uchrashuvda:

▪️ aholining kundalik hayotiga daxldor muammolar

▪️ mahalla rivojiga oid takliflar

▪️ yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tashabbuslar muhokama qilindi

📝 Ayniqsa, saylovchilarning fikr va takliflari kelgusidagi rejalarni belgilashda muhim omil sifatida qayd etildi.

📍 Bunday muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirib, hududni yanada obod va qulay qilishga xizmat qiladi.