Barcha yangiliklar
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
Gallery image 106788
Gallery image 106789
Gallery image 106790
Gallery image 106791
Gallery image 106792
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
26 Mar 2026
15:29

Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida

 Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida 

  📌Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Marasulov, tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi X.Samijonovlar tomonidan 2026-yilda amalga
oshirilishi rejalashtirilgan yangi qurilish loyihalari doirasida Orom mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
 

  📌Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Qurilish ishlarini yakunlash arafasida. Shuningdek, qurilish ishlarini zamonaviy talablar asosida, sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi. 

  📌O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.