Barcha yangiliklar
Deputatlik okrugidagi 4-sonli maktabining rekonstruksiya ta’mirlash ishlarining holatini o‘rgandi.
Gallery image 106626
Gallery image 106627
Gallery image 106628
Gallery image 106629
Gallery image 106630
Gallery image 106631
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
19 Mar 2026
11:31

Deputatlik okrugidagi 4-sonli maktabining rekonstruksiya ta’mirlash ishlarining holatini o‘rgandi.

Mazkur o‘rganishlar davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qarori asosida 4-sonli maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ta’mirlash ishlari holati va loyiha ijrosi o‘rganildi.
Ushbu muassasa hujjatlar asosida 2025-yil yakuniga ko‘ra maktab binosi to‘liq modernizatsiya qilinib, foydalanishga topshirilishi belgilangan. O‘rganish davomida deputat tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratildi. Maktab binosida rekonstruksiya ta’mirlash ishlari loyiha talablariga muvofiq bajarilgan bo‘lsada, muhandislik tarmoqlari va lift tizimi ishga hali yakunlanmagan. Shuningdek maktab uchun zarur bo‘lgan barcha yangi mebel jihozlari muassasaga olib kelingan bo‘lsa-da, ularning to‘liq terib berilmaganligi va o‘quv jarayoniga tayyor holatga keltirilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha deputat tomonidan mas’ul tashkilot va pudratchilarga qat’iy ko'rsatmalar berilib, mebel jihozlarini sifatli va xavfsiz tarzda montaj qilish, sinfxonalarni to‘liq shay holatga keltirish muhandislik tarmoqlari hamda lift tizimi ishga tushirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur muammoning hal etilishi va maktabning o‘quvchilar uchun to‘liq tayyor bo‘lishi deputatlik nazoratiga olindi.