Barcha yangiliklar
"Yuksalish" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 106621
Gallery image 106622
TAUBAYEV KUVANISHBEK MIRZAKULOVICH
26 Mar 2026
11:55

"Yuksalish" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

"Yuksalish" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi "9-Jayxun" saylov okrugi deputati D.Kenjeeva tomonidan “Yuksalish” MFY hududida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

Jarayon davomida hududda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, xususan ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini aniqlash va bartaraf etish yo‘nalishidagi faoliyat tahlil qilindi.

Shu bilan birga, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.