Barcha yangiliklar
Aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida muhim tashabbus
Gallery image 106537
Gallery image 106538
Gallery image 106539
Gallery image 106540
Gallery image 106541
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
23 Mar 2026
10:35

Aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida muhim tashabbus

Tuman Kengashi deputati I.Kucharov tashabbusi bilan Beshkubi mahallasi hududida aholiga qulaylik yaratish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tibbiy sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabul jarayoniga malakali shifokorlar jalb etilib, fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan, aholining umumiy salomatlik holati baholandi, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi hamda ularga zarur tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.