Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Gallery image 106394
Gallery image 106395
Gallery image 106396
Gallery image 106397
Gallery image 106398
AZIMOVA SAODATXON KARIMOVNA
26 Mar 2026
09:00

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

 Joriy yilning 12 mart kuni tuman avtomobil yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasiga yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan amaliy natijalarga erishildi.  

Mazkur masala bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Z.Mamadaliev hamda kotibiyat xodimlari S.Azimova va U.Raxmanovlar tomonidan joyiga chiqib monitoring o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida muammo atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda uni bartaraf etish choralari ko‘rildi. 

Natijada deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, tumandagi 24-umumta’lim maktabiga qatnovchi aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilari o‘rnatilib, piyodalar o‘tish joylari — “zebra” chiziqlari chizildi. 

Mazkur holat deputatlik nazoratining amaliy samarasi sifatida e’tirof etilib, aholi murojaatlari asosida ko‘tarilayotgan masalalarning izchil hal etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.