Barcha yangiliklar
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
Gallery image 106338
Gallery image 106339
Gallery image 106340
Gallery image 106341
Gallery image 106342
Gallery image 106343
Gallery image 106344
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
25 Mar 2026
23:10

Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati I.Tangirov (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326) 5-“Kattabog‘” saylov okrugiga qarashli “Chegara” mahallasida bo‘lib, hududdagi 21-sonli umumta’lim maktabining 210 o‘rinli o‘quv binosi bilan yaqindan tanishdi.

💬Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (https://www.lex.uz/uz/docs/-7955865)“Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ–438-son asosida joriy yilda mukammal ta’mirlanishi belgilangan.

💬O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova ham ishtirok etib, maktab binosining hozirgi holati, ta’mirlash loyihasi va qurilish ishlari boshlanishi oldidan ko‘rilgan tayyorgarlik choralarini ko‘zdan kechirdi.

💬O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔅Bino infratuzilmasining holati;

🔅Ta’mirlash ishlari boshlanishi oldidan ko‘riladigan choralar.

🫥O‘rganish yakunida maktab ma’muriyati va mas’ullarga qurilish jarayonida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.