Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 106213
Gallery image 106214
Gallery image 106215
Gallery image 106216
Gallery image 106217
Gallery image 106218
Gallery image 106219
Gallery image 106220
Gallery image 106221
Gallery image 106222
Gallery image 106223
Gallery image 106224
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
25 Mar 2026
19:14

DEPUTAT NAZORATI

 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati A. Mamatmuratov, kotibiyat bosh mutaxassisi I. Roziqov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A. Eshboyev hamda Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripovlar hamkorlikda deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Nazorat tadbiri davomida “Mingchinor” mahallasida tashkil etilgan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar faoliyati o‘rganildi. Xususan, limonchilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

O‘rganishlar yakunida sohani yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyatiAxborot xizmati