Barcha yangiliklar
O'rganish
Gallery image 106185
Gallery image 106186
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
25 Mar 2026
18:31

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati I.Normurodov "Aytim" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 O‘rganish jarayonida, ayniqsa, hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

 Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.