Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Gallery image 106088
Gallery image 106089
Gallery image 106090
Gallery image 106091
Gallery image 106092
Gallery image 106093
Gallery image 106094
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
25 Mar 2026
17:44

Deputat saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nurali Sulaymonov 9-sonli umumta’lim maktabida G‘alaba mahallasi aholisi bilan uchrashuv tashkil etdi. 

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning muammo va takliflarini tinglashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy sohalarga oid qator masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli takliflarini ilgari surdilar.

Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi.