Barcha yangiliklar
📍 Shahrisabz tumani: Muammolar joyida hal etilmoqda!
Gallery image 106052
Gallery image 106053
Gallery image 106054
Gallery image 106055
Gallery image 106056
Gallery image 106057
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
25 Mar 2026
16:44

📍 Shahrisabz tumani: Muammolar joyida hal etilmoqda!

Bugun tumandagi “Shamaton” MFY hududida aholi va tadbirkorlar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Muloqotda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Charos Rajabova hamda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.

📊 Qabul raqamlarda:

🔹 60 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi;

🔹 9 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;

🔹 15 ta davlat xizmati ko‘rsatildi;

🔹 2 ta FHDYga oid masala hal etildi;

🔹 30 dan ortiq kishiga huquqiy tushuntirish berildi;

🔹 11 ta murojaat nazoratga olinib, ish yurituviga qabul qilindi.

Muloqot davomida asosan bandlik, mehnat munosabatlari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va mulkiy huquqlar kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.