Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlari nazoratga olinmoqda
Gallery image 106034
Gallery image 106035
Gallery image 106036
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
25 Mar 2026
16:05

Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlari nazoratga olinmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna tumanidagi “Yangidiyor” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar, elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, yoshlar bandligini ta’minlashga doir kelib tushgan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat nazoratga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar kesimida deputatlik so‘rovlari chiqarilib, ijrosi ta’minlanishi yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish, natijadorlikni ta’minlash va ijroni qat’iy nazorat qilishga alohida urg‘u qaratildi.

Shuningdek, deputat ayrim murojaatlarning ahamiyatliligi jihatidan hududdagi xonadonlarga borib, fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib bordi.