Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 105970
Gallery image 105971
Gallery image 105972
Gallery image 105973
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
25 Mar 2026
14:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan ta’lim sohasi vakillari, tibbiyot hamda mahalla xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish – hudud rivojining muhim omillaridan biridir.