Barcha yangiliklar
Deputat maktablarda tibbiy xizmat sharoitlarini o‘rgandi
Gallery image 105967
Gallery image 105968
Gallery image 105969
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
25 Mar 2026
14:37

Deputat maktablarda tibbiy xizmat sharoitlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Usmanali Safarov tumandagi 12-umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xonasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O'rganish davomida o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud jihozlar va sanitariya holati o‘rganildi.

Deputat maktab tibbiyot xonasida mavjud dori-darmon vositalari, tibbiy uskunalar hamda ularning foydalanish holati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot xodimi bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyati, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar oldi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklarni o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.